» » Samsung smartfonlari foydalanuvchining barcha shaxsiy suratlarini tasodifiy kontaktga yubormoqda

Samsung smartfonlari foydalanuvchining barcha shaxsiy suratlarini tasodifiy kontaktga yubormoqda


Samsung Messages dasturi foydalanuvchilari noodatiy muammoga duch keldi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru. Ularning ba’zilari da’vo qilishicha, ularning barcha fotosuratlari (ya’ni butun bir galereyalar) tasodifiy kontaktga yuborilgan, ustiga-ustak bu jarayon iz qoldirmagan (ya’ni fotosuratlar “yuborilganlar”ga tushmagan).

Xabarlarga ko‘ra, xatolik Samsung Messages dasturining so‘nggi yangilanmasidan keyin yuzaga kelgan. Shu sababli, foydalanuvchilar o‘zlari ishlatadigan Samsung qurilmasi va aloqa operatoridan qat’i nazar, yangilanmani o‘rnatganidan keyin ushbu muammoga duch kelishi mumkin.

Ayni paytda yagona yechim dasturning xabarlar dasturlari uchun omborxonadan foydalanishini taqiqlab qo‘yishdir, buning uchun menyudan “Sozlamalar” ? “Dasturlar” ? “Samsung Messages” ? “Ruxsatlar” ? “Omborxona”ni tanlashingiz kerak.

Samsung hozircha vaziyatga izoh bergani yo‘q.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2018, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют