» » Iroqda terrorizmda ayblangan 12 kishi qatl etildi

Iroqda terrorizmda ayblangan 12 kishi qatl etildi


Iroqda terrorchilik faoliyati va IShID bilan hamkorlik qilishda ayblangan 12 kishiga nisbatan chiqarilgan o‘lim jazosi ijro etildi. Bu haqda 29-iyun, juma kuni Iroq hukumati bayonotiga tayanib, Al Jazeera telekanali xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.

“Bosh vazir Haydar al-Abadiy farmoniga muvofiq, terrorizmda ayblangan 12 kishiga nisbatan chiqarilgan hukmlar ijro etildi”, — deyiladi xabarda.

Qatl etish bosh vazir Haydar al-Abadiy hukmlarni tezda ijro etishga chaqirgandan so‘ng bir necha soat o‘tib amalga oshirilgan.

Qatl etilganlarning barchasi Iroq xavfsizlik xizmatining yetti nafar xodimini o‘g‘irlab ketish va o‘ldirishda aybdor deb topilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2018, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют