» » Sirdaryo viloyati davlatga g‘alla topshirish rejasini bajardi

Sirdaryo viloyati davlatga g‘alla topshirish rejasini bajardi


Sirdaryo viloyatning 3644 nafar fermer xo‘jaligi g‘allakorlari 86,5 ming gektar maydonga ekilgan g‘allani 25 ish kunida yig‘ishtirib oldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Sirdaryolik fermerlarning yangi zamonaviy o‘rim kombaynlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan yordamga kelgan o‘rim kombaynlari tomonidan o‘rilgan g‘alla viloyatning shartnomaviy rejasini bajarishga katta hissa qo‘shdi.

Viloyat mirishkorlari tomonidan og‘ir iqlim va yer sharoiti bo‘lishiga qaramasdan belgilangan reja bajarilib, viloyat qishloq xo‘jaligi tarixida birinchi marotaba o‘rtacha 50 sentnerdan hosildorlikka erishildi.

Shartnoma rejasining qisqa kunlarda bajarilishida Xovos, Sayxunobod, Boyovut va Sirdaryo tumanlarining omilkor dehqon va fermerlari birinchilardan bo‘lib jonbozlik ko‘rsatgani muhim omil bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2018, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 111) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют