» » Jorj Soros Xiaomi aksiyalarini sotib oldi

Jorj Soros Xiaomi aksiyalarini sotib oldi


Xitoyning smartfonlar ishlab chiqaruvchi Xiaomi kompaniyasi Gonkong birjasida aksiyalarini sotuvga chiqardi va 4,7 milliard dollar jalb qilishga muvaffaq bo‘ldi. Kompaniyaning yangi investorlaridan biri amerikalik milliarder Jorj Soros bo‘ldi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Kompaniya har birining qiymati 2,17 dollar bo‘lgan 2,18 milliard dona aksiyasini sotishga muvaffaq bo‘lgan. Kompaniyaning umumiy qiymati ayni paytda 54 milliard dollarga baholanmoqda.

Xiaomi aksiyalarini xarid qilgan investorlar orasida amerikalik milliarder Jorj Soros va Xitoyning Hillhouse Capital investitsion kompaniyasi bor. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Sorosning fondi aksiyalarning kichik paketini xarid qilish bilan cheklangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2018, 07:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют