» » Namanganda velosipedchini urib yuborib, qochib ketgan haydovchi qo‘lga olindi

Namanganda velosipedchini urib yuborib, qochib ketgan haydovchi qo‘lga olindi


Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida noma’lum shaxs 12-iyun kuni avtomashinasida “Mug‘ol” mahallasi hududidan o‘tuvchi “Uchqo‘rg‘on—Haqqulobod” yo‘lining 11-kilometrida velosipedida ketayotgan Anvar Ergashevni urib yuborgan va jabrlanuvchiga yordam bermay, voqea joyidan qochib ketgandi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Anvar Ergashev hodisa oqibatida olgan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgandi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi Markaziy mashina-traktor parki haydovchisi N.G. New Holland rusumli chopiq traktorida sodir etganligi aniqlandi.

N.G. qo‘lga olindi. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-07-2018, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют