» » O‘zbekistonda propan narxi nega ikki barobar oshdi?

O‘zbekistonda propan narxi nega ikki barobar oshdi?


Joriy yilning iyun oyida nooziq-ovqat mahsulotlar narxlarining 0,8 foizga qimmatlashishi umumiy iste’mol narxlari indeksi (INI)ning 0,3 foiz darajada oshishiga olib keldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib, O‘zA xabar berdi.

Avtomobillar uchun yoqilg‘i hamda qurilish materiallaridan tashqari ushbu guruhning asosiy turdagi mahsulotlari narxlari orasida sezilarli o‘zgarishlar kuzatilmadi.

Aholi uchun avtomobillarga gaz to‘ldirish shahobchalari orqali sotilayotgan propan narxining qimmatlashishi asosiy turdagi nooziq-ovqat mahsulotlar guruhi indeksining ko‘tarilishida asosiy ta’sir omili sifatida qayd etilgan.

Respublika bo‘yicha oy davomida ushbu mahsulotning narxi o‘rtacha 63,3 foizga qimmatladi. Mamlakatning ba’zi hududlarida uning narxi 2 barobar va undan yuqori darajada ko‘tarilgan (Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari shular jumlasidan).

Birjadagi kotirovka narxlari hamda yoqilg‘i-moylash materiallari bozorida shakllanayotgan holatlar propan narxlari darajasining sezilarli darajada qimmatlashishiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi.

Qurilish materiallari narxlari oy davomida o‘rtacha 1,5 foizga oshdi. Sement va gulqog‘ozning narxi guruh tarkibidagi boshqa mahsulotlarga nisbatan birmuncha sezilarli darajada qimmatladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-07-2018, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 125) ( 0) ( 122) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют