» » Murodjon Ahmadaliyev prof boksdagi 3-jangini qachon o‘tkazishi ma’lum, raqib argentinalik

Murodjon Ahmadaliyev prof boksdagi 3-jangini qachon o‘tkazishi ma’lum, raqib argentinalik


Rio-2016 Olimpiadasi sovrindori, Jahon chempionati finalchisi, Osiyo chempioni Murodjon Ahmadaliyev professional ringdagi uchinchi jangini 14-iyul kuni o‘tkazadi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.

Ahmadaliyev o‘zining 3-jangida argentinalik Luis Fernando Molinaga qarshi ringga ko‘tariladi. Ma’lumot uchun Molina bungacha professional ringda 12 ta jang o‘tkazgan. Shu janglarning 7 tasida u raqiblarini mag‘lub etgan (2 tasida nokaut bilan). To‘rtta jangda esa imkoniyatni boy bergan. Bitta jangida esa durang qayd etilgan.

O‘zbekistonlik bokschi esa prof boksda ikki marotaba jang o‘tkazib, ularning ikkalasida ham raqiblarini nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2018, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют