» » Qozog‘istonda rekord darajada issiq harorat qayd etildi

Qozog‘istonda rekord darajada issiq harorat qayd etildi


Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida rekord darajada issiq ob-havo qayd etildi. Bu haqda KTK telekanaliga tayanib, “Nur.kz” xabar bermoqda.

Termometr ko‘rsatkichi soyada 46, quyoshda 62 darajani ko‘rsatgan.

Ushbu ob-havo rekordlarini mahalliy neft qazish kompaniyasi xodimlari qayd etgan. Ular ko‘tarilib borayotgan termometr ko‘rsatkichini videoga olgan.

Sinoptiklar hududda ob-havo yanada isishi mumkinligini xabar qilgan. Viloyat aholisi kuchli issiq sabab turli tabiiy ofatlar yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

Favqulodda issiq fermerlar uchun tashvish keltirib chiqardi. Endilikda fermerlar qush va hayvonlarning jaziramaga dosh berishi uchun ular saqlanadigan joylarga konditsionerlar o‘rnatishga majbur bo‘lmoqda.

Bu yili Kaspiy dengizi ham aholini hayratga solmoqda. Yaqin kunlarda suv harorati 26, ayrim joylarda 30 darajagacha ko‘tarildi.

Ma’lumki, haroratning ko‘tarilgani sari suvda cho‘miladiganlar soni ham ortadi. Cho‘milish havzalari bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar soni ham ortib bormoqda. Aqtau shahridagi “Tez yordam” stansiyasida bir sutka ichida 3 ta chaqiruv bo‘lgani xabar qilingan. Bir kishi yordam kelishiga qadar cho‘kib ketgan, 2 nafar qiz esa qutqarib qolingan, ular hozirda viloyat shifoxonasiga yotqizilgan.

Sinoptiklar mintaqada jazirama yoz bo‘lishini ma’lum qilgan. 4-iyul, chorshanba kuni havo harorati 43 darajagacha pasayadi, biroq keyin yana ko‘tariladi. Avgustning iyulga nisbatan issiqroq bo‘lishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2018, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют