» » Avstriyalik erkak kvartirasidan topib olgan 270 ming yevroni politsiyaga topshirdi

Avstriyalik erkak kvartirasidan topib olgan 270 ming yevroni politsiyaga topshirdi


Avstriyaning Grats shahrida yashovchi fuqaro yangi kvartirasi yerto‘lasidan 269,5 ming yevro topib oldi va topilma haqida shu zahoti politsiyaga xabar berdi. Bu haqda Kronen Zeitung gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

42 yoshli erkak yil boshida yangi kvartiraga ko‘chib o‘tganligi ma’lum qilinmoqda. U yerto‘lani tartibga keltirish davomida karton quti topib oldi. Quti ichidan 500 yevrolik bir dasta banknota chiqdi.

Pullar jinoyat bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan fuqaro ikkilanmasdan politsiyaga murojaat qildi.

Politsiya fuqaro murojaat qilganligini tasdiqladi, biroq boshqa tafsilotlar ma’lum qilinmadi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (13-02-2017, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 111) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют