» » Kanadada 19 kishi jazirama qurboni bo‘ldi

Kanadada 19 kishi jazirama qurboni bo‘ldi


Kanadada o‘ta issiq havo tufayli 19 kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “TASS”.

Mamlakat janubidagi Kvebek provinsiyasida o‘tgan dam olish kunlaridan buyon kuchli jazirama qayd etildi. Qurbonlarning 12 nafari provinsiyaning eng yirik shahri — Monrealda yashagan.

Monreal sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Milen Dryuonning aytishicha, ayni paytda surunkali xastaligi bo‘lgan, ruhiy kasal, shuningdek, yolg‘iz kishilar va konditsionersiz xonalarda ko‘p vaqtini o‘tkazadigan fuqarolar xavf ostidadir.

So‘nggi marta Monrealda issiq havo uzoq vaqt hukmronlik qilgan payt 2010-yil yozida bo‘lgan, o‘shanda shaharda 106 kishi vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2018, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют