» » Venesuela prezidenti armiyani Amerika tajovuzini qaytarishga shay turishga chaqirdi

Venesuela prezidenti armiyani Amerika tajovuzini qaytarishga shay turishga chaqirdi


Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakat qurolli kuchlarini ogohlikni oshirib, AQSh harbiy hujumini qaytarishga doimiy shaylikda turishga chaqirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

“Siz himoyaga shaylikni bir soniyaga ham susaytirmasligingiz kerak, chunki biz mamlakatimiz o‘z tarixida erishgan eng buyuk huquqini himoya qilyapmiz”, — dedi u harbiylar qarshisida nutq so‘zlab.

Maduroning bayonoti AQSh OAVlarida 4-iyul, chorshanba kuni paydo bo‘lgan, AQSh prezidenti Donald Tramp 2017-yil avgustida Oq uydagi yig‘ilishlardan birida mintaqaviy xavfsizlikka tahdid tufayli, Venesuelaga bostirib kirish ehtimoli haqida gapirgani borasidagi xabarlar bilan bog‘liq.

Maduro ta’kidlashicha, Amerika prezidentining taklifi uning AQShda Venesuela muxolifati vakillari bilan uchrashuvidan keyin yangragan. “Bu nima, tasodifmi? Yo‘q, bu tasodif emas”, — dedi Venesuela prezidenti.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2018, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют