» » Rossiya fohishaxona tashkil etganlik va qotillikda ayblanayotgan o‘zbekistonlik ayolni Gruziyaga topshiradi

Rossiya fohishaxona tashkil etganlik va qotillikda ayblanayotgan o‘zbekistonlik ayolni Gruziyaga topshiradi


Ural transport prokuraturasi fohishaxona tashkil etganlikda va qotillikda ayblanayotgan o‘zbekistonlik ayolni Gruziyaga topshiradi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

“Tergov jarayonida aniqlanishicha, ayblanuvchi 2012—2013-yillarda Gruziyaning Batumi shahriga kelgan hamda yana to‘rt nafar o‘zbekistonlik ayolni yaxshi ish topib berish vaji bilan chaqirib olgan. Shundan so‘ng u o‘z yurtdoshlarining pasportlarini olib qo‘ygan hamda fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qilgan, so‘ngra ularning ishlab topgan pullarini o‘zlashtirib yuborgan”, — deyiladi xabarda.

Fohishalikka majburlangan ayollardan biri huquq-tartibot organlariga shikoyat qilish bilan tahdid qilganidan so‘ng, ayol uni o‘ldirtirgan.

O‘zbekistonlik ayol Rossiyada jinoiy javobgarlikdan yashiringan. U 2017-yilning sentabr oyida qo‘lga olingan.

Rossiya bosh prokuraturasi ushbu holat yuzasidan Gruziya adliya vazirligi so‘rovini qanoatlantirish haqida qaror qabul qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2018, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют