» » “Sarposini sotib kun ko‘rayotgan”, 6 oydan beri maoshini olmagan “Bunyodkor” stadioni ishchilariga 3 oylik ish haqlari berilmoqda

“Sarposini sotib kun ko‘rayotgan”, 6 oydan beri maoshini olmagan “Bunyodkor” stadioni ishchilariga 3 oylik ish haqlari berilmoqda


2-iyul kuni saytimiz orqali “Sarpomdagi narsalarni sotib kun ko‘ryapmiz. “Bunyodkor” stadioni xodimlari 6 oydan beri maoshsiz ishlayapti” nomli xabar e’lon qilingan edi.

“Daryo”ning ishonchli manbalaridan biri xabariga ko‘ra “Bunyodkor” stadioni ishchi-xodimlariga 3 oylik maosh pullari beriladigan bo‘lgan.

Manbaga ko‘ra bugunning o‘zida ishchilarga 3-oy—yanvar, fevral hamda mart oylarining maoshlari to‘lanishi boshlangan.

6 oydan beri maosh olmagan stadion xodimlari ish tashlash jarayoniga yetganda, “O‘zbekneftgaz” AJning iqtisod va moliya bo‘yicha boshqaruv raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Ashurov “Bunyodkor” stadioniga tashrif buyurgan. Va ishchilar bilan suhbatda bo‘lib, 3 oylik ish haqlari, shuningdek, 8-mart—Xalqaro xotin-qizlar bayrami, 21-mart — Navro‘z bayrami, Ramazon hayiti bayramlarida beriladigan mukofot pullari bugundan berilishini ma’lum qilgan.

“Daryo” jarayonni kuzatishda davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2018, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют