» » “Bunyodkor” stadioni atrofidagi chorrahalarda katta tirbandliklar yuzaga keldi

“Bunyodkor” stadioni atrofidagi chorrahalarda katta tirbandliklar yuzaga keldi


Toshkentning “Bunyodkor” stadioni atrofidagi chorrahalarda 4-dekabr, dushanba kuni tushdan so‘ng katta tirbandliklar yuzaga keldi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda xabarlar qoldirilgan.

Aksariyat foydalanuvchilar haydovchilarni “Bunyodkor” stadioni tomonga yurmaslikni yoki uning atrofidagi chorrahalarni aylanib o‘tishni tavsiya qilmoqda. Stadion tomon olib boradigan aksariyat, xususan, “Chilonzor” savdo markazidan va “Chilonzor” buyum bozoridan olib keluvchi yo‘llarda tirbandliklar yuzaga kelgan.

Bunyodkor shoh ko‘chasining Cho‘ponota ko‘chasi bilan kesishmasidagi tirbandliklarga chorrahada yo‘l o‘tkazgich qurish bo‘yicha ishlar boshlangani ham sabab bo‘layotgani ta’kidlangan. Bundan tashqari, tirbandliklar sababi sifatida 4-dekabr kuni “Bunyodkor” stadionida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tishi ham ko‘rsatilmoqda.

Опубликовано: admin (4-12-2017, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют