» » Yaponiyada 4 mingga yaqin kishi kommunikatsiya vositalaridan uzilib qoldi

Yaponiyada 4 mingga yaqin kishi kommunikatsiya vositalaridan uzilib qoldi


Yaponiyadagi Kiodo prefekturasi Maydzuru shahrida sel oqibatida yuz bergan suv toshqini tufayli 3,7 ming kishi va 1,8 ming uy xo‘jaligi kommunikatsiya vositalaridan uzilib qoldi. Bu haqda “Kiodo” agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Ayni paytga qadar suv toshqini qurbonlari soni 17 nafarni tashkil qildi. Shuningdek, 50 kishi bedarak yo‘qoldi. 2 kishining ahvoli o‘ta og‘ir, deya baholanmoqda.

Yaponiya hukumatining ma’lumot berishicha, mudofaa, politsiya va yong‘in xavfsizligi xizmatining 48 ming nafar xodimi jabrlanuvchilarini qutqarish ishlarini olib bormoqda. Mamlakat bosh vaziri Sindzo Abe sel tufayli talafot ko‘rgan hududlarning o‘ta qiyin ahvolda qolganini ma’lum qilgan.

6-iyul, juma kuni Yaponiyaning markaziy va janubi-g‘arbiy hududlarida sel kuzatilgan. Meteorologiya xizmati boshqarmasi 7 ta prefekturada tabiiy ofat tufayli favqulodda holat e’lon qilgan. Ushbu prefekturalarda sellar bir necha o‘n yilda bir yuz beradi.

Yaponiya telekompaniyasi tomonidan vertolyotdan tasvirga olingan kadrlarga qaraganda, Okayama prefekturasida vaziyat ayniqsa og‘ir. Bu yerda katta hududlarni egallagan turar-joylar suv ostida qolgan. Ayrim joylarda suv uylarning ikkinchi qavatigacha ko‘tarilgan.

Toshqin va vayrongarchiliklar to‘g‘risidagi xabarlar kelishda davom etmoqda. O‘tgan bir sutka ichida qay darajada talafotli voqea yuz bergani borasida hatto qutqaruv xizmatlarida ham hozircha yakuniy tasavvur yo‘q.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2018, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 29) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют