» » Kolumbiyada ro‘y bergan suv toshqini oqibatida halok bo‘lganlar soni 300 kishidan oshdi

Kolumbiyada ro‘y bergan suv toshqini oqibatida halok bo‘lganlar soni 300 kishidan oshdi


Mahalliy rasmiylarning xabar berishicha, Kolumbiyaning Mokoa shahrida 1-aprel, shanba kuni yuz bergan suv toshqini qurbonlari soni 300 kishidan oshdi. Yuzlab kishilar haligacha bedarak ketgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda Korrespondent.net” xabar berdi.

Mavzuga doir: Kolumbiyada ro‘y bergan suv toshqini oqibatida halok bo‘lganlar soni 290 kishiga yetdi

Kamida 2,5 ming kishi vaqtinchalik boshpanalarda jon saqlamoqda. Kolumbiya hukumati yuz bergan hodisa yuzasidan tergov olib borishga buyruq berdi. Tergovchilar qurilish me’yorlariga yetarlicha e’tibor berilganmi yoki yo‘qligi hamda mansabdorlarning tabiiy ofat vaqtida harakatlanishga qanchalik tayyorlanganligini aniqlashi kerak. Mokoa shahrining ba’zi tumanlari haligacha suvsiz va elektr energiyasisiz qolmoqda.

Qutqaruvchilar vayronalar ostida qolib ketgan qurbonlarni izlashda davom etmoqda. Qidiruv-qutqaruv operatsiyasida 1100 dan ortiq askar va politsiyachilar qatnashmoqda.

Qutqaruvchilarning xabar berishicha, noqulay ob-havo qidiruv ishlarini qiyinlashtirmoqda. Shuningdek, jabr ko‘rgan tumanlarga yetib borish ham qiyinlashgan, hududdagi ko‘plab ko‘priklar buzilgan va yo‘llar zararlangan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-04-2017, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют