» » Pepsi Superliga. “Paxtakor” “Buxoro”ni taslim etdi, “Nasaf” “Navbahor”ni yuta olmadi, “Neftchi” esa g‘alabani boy berdi

Pepsi Superliga. “Paxtakor” “Buxoro”ni taslim etdi, “Nasaf” “Navbahor”ni yuta olmadi, “Neftchi” esa g‘alabani boy berdi


Kecha, 8-iyul sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pepsi Superligasi bahslarining 16-turiga start berildi.

Kun taqvimidan uchta uchrashuv olgandi.

Ulardan birinchi Toshkentda “Paxtakor” hamda “Buxoro” jamoalari o‘rtasida kechdi. Tigao Bezerra va Vladimir Kozakning gollari sabab “sherlar” navbatdagi 3 ochkoni qo‘lga kiritdi va musobaqa peshqadamligini yanada mustahkamlab oldi.

Kunning ikkinchi o‘yini Olmaliqda AGMK hamda Farg‘onaning “Neftchi” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda jangovar 2:2 hisobi qayd etildi. Avvaliga AGMK Yovan Jokichning penaltini aniq amalga oshirgani sabab hisobni ochgan bo‘lsa, “Neftchi” ikkinchi bo‘lim avvalida 2 ta to‘p kiritib hisobda oldinga chiqib oldi. Ammo o‘yinning 87-daqiqasida Zafar Polvonov gol kiritib, hisobni 2:2 bo‘lishini ta’minladi.

Bu natijadan so‘ng AGMK 14 ochko bilan 10-o‘rinda, “Neftchi” esa 7 ochko bilan hamon so‘nggi pog‘onada.

Kunning so‘nggi o‘yinida Qarshida “Nasaf” “Navbahor”ni qabul qildi. 21-daqiqada Sharof Muhiddinov mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 67-daqiqada Sardor Sulaymonov hisobni tenglashtirdi. O‘yin esa tomonlarning 1:1 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlandi.

Durangdan so‘ng “Nasaf” 19 ochko bilan 7-o‘rinda bo‘lsa, “Navbahor” esa 28 ochko bilan 2-o‘rinda.

Pepsi Superliga

16-tur uchrashuvlari

8-iyul, yakshanba

Gollar: 1:0—33 Tiago Bezerra, 2:0— 83 Vladimir Kozak.

Gollar: 1:0— 21, penalti Yovan Jokich, 1:1—51 Sherzod Hakimov, 1:2—54 Murod Bobojonov, 2:2— 87 Zafar Polvonov.

Gollar: 1:0— 21 Sharof Muhitdinov, 1:1—67 Sardor Sulaymonov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2018, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют