» » Bugun Namanganda katta futbol: “Navbahor” peshqadam “Bunyodkor”ga qarshi. “Qizilqum” esa o‘z maydonida “Neftchi”ni mehmon qiladi

Bugun Namanganda katta futbol: “Navbahor” peshqadam “Bunyodkor”ga qarshi. “Qizilqum” esa o‘z maydonida “Neftchi”ni mehmon qiladi


Kecha, 19-aprel sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi bahslarining 7-turi boshlandi.

Kun taqvimidan ikki uchrashuv o‘rin olgandi. Ulardan biri Bekobodda mezbon “Metallurg” hamda Toshkentning “Paxtakor” jamoalari o‘rtasida kechdi. Unda “paxtakorchilar” 0:5 hisobidagi yirik hisobdagi g‘alabani tantana qildi.

Kunning ikkinchi uchrashuvida “Buxoro” o‘z maydonida AGMKni qabul qilib, 4:2 hisobidagi irodali g‘alabaga erishdi.

Bugun, 20-aprel sanasida yana ikki uchrashuv o‘tkaziladi.

Ulardan biri Namanganda “Navbahor” hamda Toshkentning “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasida kechadi. Uchrashuv 18:00 da boshlanadi. Bellashuv Sport-TV orqali jonli efirda namoyish etiladi. Mazkur uchrashuvga tashrif buyurgan “Navbahor” jamoasi muxlislariga Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan sovg‘a qilingan 22 ming dona futbolka bepul tarqatiladi.

Ikkinchi uchrashuvda esa Navoiyning “Qizilqum”i Farg‘onaning “Neftchi” jamoasini mehmon qiladi. Bellashuv 20:00 da boshlanishi belgilangan. Mazkur o‘yin ham Sport-TV orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Superliga

7-tur bellashuvlari

20-aprel, juma



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют