» » Yaponiyada “Aum Sinrikyo” sektasi yetakchisining jasadi krematsiya qilindi

Yaponiyada “Aum Sinrikyo” sektasi yetakchisining jasadi krematsiya qilindi


Yaponiyada “Aum Sinrikyo” sektasining o‘tgan haftada qatl etilgan sobiq yetakchisi Seko Asaxara (haqiqiy ismi Tidzuo Matsumoto)ning jasadi krematsiya qilindi, deb xabar beradi “Interfaks”.

Asaxaraning hoki krematsiyadan so‘ng qayta qamoqxonaga olib ketildi.

Hozirgi kunda mamlakat hukumati Asaxaraning hokini uning bevasiga berish mumkinligi masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Avvalroq, Asaxara va uning rafiqasi ushbu so‘rov bilan hukumatga murojaat qilgan edi.

O‘tgan haftada Asaxara bilan uning yana olti nafar izdoshi qatl qilindi. Yana olti kishi esa o‘lim jazosi ado etilishini kutmoqda.

1994-yilda “Aum Sinrikyo” tarafdorlari Nagano prefekturasidagi Matsumoto shahrida zarin gazini sochgan, oqibatda yetti kishi qurbon bo‘lgan. 1995-yil martida esa sektantlar Tokio metrosida zarin sepib, ikkinchi teraktni amalga oshirgan, o‘shanda 13 kishi halok bo‘lgan, olti mingdan ortiq kishi turli darajada zaharlangan edi.

1995-yil martidan sekta faoliyati dunyoning barcha mamlakatlarida taqiqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2018, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют