» » Jizzaxda qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan Tojikiston fuqarosi O‘zbekistondan deportasiya qilindi

Jizzaxda qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan Tojikiston fuqarosi O‘zbekistondan deportasiya qilindi


Jizzax viloyati Paxtakor tuman sudi 5-iyul kuni tuman hududida qo‘shmachalik bilan shug‘ullangan xorijiy mamlakat fuqarosiga nisbatan ochilgan jinoyat ishini ko‘rib chiqdi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtakor tuman sudi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sudlanuvchi G.T. 1988-yil 15-iyulda Tojikistonda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Tojikiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti o‘rta, muqaddam sudlanmagan, vaqtincha ishlamaydi, oilasi bilan ajrashgan, uch nafar farzandi bor, Tojikiston Respublikasi Sug‘d viloyati Spitamen tumani Oktabr ko‘chasi 42-uyda doimiy ro‘yxatda turadi.

U sud majlisida aybiga iqrorlik bildirib, 2017-yil sentabr oyidan buyon ukasi I.T.ning uyida farzandlari bilan birga yashab kelishini, Q.T. va O‘.J.larni muqaddam qo‘shni bo‘lib yashaganligi sababli tanishini, 2018-yil 6-may kuni Q.T. unga qo‘ng‘iroq qilib, jinsiy aloqa qilish uchun qiz va joy topib berishni iltimos qilganligini, shunda u unga qiz yo‘qligini aytganligini, shu vaqtda uning telefoni ikkinchi tarmog‘ida O‘.J. telefon qilib qolganligini va shunda O‘.J. unga puli yo‘qligini aytganida u unga bir yigit jinsiy aloqa qilish uchun qiz va joy qidirayotganligini aytganida u o‘zi mijoz bo‘lishini aytganligini, shundan so‘ng u Q.T.ga bir qiz borligini, u bilan jinsiy aloqa qilish uchun o‘zining uyidan joy qilib berishini aytganligini, shu kuni kechki payt O‘.J. uyiga kelgach, Q.T.ga qo‘ng‘iroq qilib, qiz kelganligini aytgach, u ham soat 21:00 larda uyiga kelganligini va ular o‘zaro suhbatlashib, o‘zi yashab kelayotgan uyning mehmonxonasidan joy qilib berib, Q.T.dan 40 000 so‘m pulni olib ularni mehmonxonaga kiritib yuborganligini aytgan.

Oradan besh-o‘n daqiqa o‘tib uyiga IIB xodimlari kelib Q.T. va O‘.J.larga jinsiy aloqa qilish uchun 40 000 so‘m pul mablag‘i evaziga sharoit yaratib berganligini aniqlab, xolislar ishtirokida 40 000 so‘m pulni ashyoviy dalil tariqasida olib, shu yerda barchasidan tushuntirish xati yozdirib olganligini, u bunaqa ishlar bilan muqaddam umuman shug‘ullanmaganligini, hozirda qilgan ishidan chin ko‘ngildan pushaymon ekanligini bayon qilib, suddan yengillik berishni so‘radi.

G.T. O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topilgan va shu modda bilan unga nisbatan JKning 57-moddasi qo‘llanib eng kam oylik ish haqining 12 baravari miqdorida, ya’ni 2 066 880 so‘m jarima jazosi tayinlangan.

G.T. O‘zbekiston Respublikasidan deportatsiya qilinib, chiqarib yuborilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2018, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 112) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют