» » Yaponiyadagi suv toshqinlari qurbonlari soni 140 kishidan oshdi

Yaponiyadagi suv toshqinlari qurbonlari soni 140 kishidan oshdi


Yaponiyada kuchli yomg‘irlar tufayli kuzatilayotgan suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 140 kishidan ham oshib ketgan. Yana 70 dan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan, deb xabar beradi “TASS”.

“Hozirgi vaqtda suv toshqinlari tufayli 134 kishi halok bo‘ldi. Yana 7 kishi klinik o‘lim tashxisi bilan shifoxonaga tushgan. Yana 10 kishi bedarak yo‘qolgan. 78 kishining qayerda ekanligi noma’lum”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, hukumat tabiiy ofat asoratlarini bartaraf etish uchun 64,8 million dollar ajratgan.

Qidiruv-qutqaruv ishlariga Yaponiya politsiyasi, mamlakat harbiy kuchlaridan iborat 75 ming kishi jalb etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2018, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют