» » Shotlandiya kompaniyasi O‘zbekistondagi Perfect Plast Profil korxonasini sotib oldi

Shotlandiya kompaniyasi O‘zbekistondagi Perfect Plast Profil korxonasini sotib oldi


Shotlandiyaning Esperansa Group LP kompaniyasi O‘zbekistondagi Perfect Plast Profil korxonasini sotib oldi. Bu haqda, “Toshkent” respublika fond birjasi ma’lumotiga tayanib, Spot xabar berdi.

Esperansa Group LP kompaniyaning 1 519 574 ta aksiyasini, ya’ni ustav fondining 100 foizini sotib oldi.

Kelishuv 5-iyul, payshanba kuni imzolangan.

Esperansa Group LP kompaniyasi Buyuk Britaniyadagi Edinburg shahrida joylashgan.

Perfect Plast Profil kompaniyasi derazalar uchun mo‘ljallangan plastik profillar ishlab chiqaradi. 2017-yilning yanvarida kompaniya birinchi aksiyalarini chiqargan. Perfect Plast Profil Toshkentning Yunusobod tumanida joylashgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2018, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют