» » Toshkentda ukrain shoirasi Lesya Ukrainka kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Toshkentda ukrain shoirasi Lesya Ukrainka kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi


10-iyul, seshanba kuni Ukrainaning O‘zbekistondagi elchixonasi Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda Toshkentda atoqli ukrain shoirasi Lesya Ukrainkaning o‘zbek tiliga tarjima qilingan tanlangan asarlari taqdimotini o‘tkazdi. Bu haqda Ukrainaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirga ijodiy sohalar vakillari, adabiyot va she’riyat namoyondalari, shuningdek, ixlosmandlar tashrif buyurdi. Ukrainaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yuriy Savchenkoning aytishicha, Lesya Ukrainkaning ijodida asosan 2 ta yo‘nalish ko‘zga tashlanadi. Bu — vatanga bo‘lgan muhabbat va har qanday qiyinchiliklarga qaramasdan kurashish ishtiyoqi.

Tadbir davomida shoira asarlari, jumladan, ularning o‘zbek tilidagi tarjimalaridan parchalar o‘qildi.

Tadbirda O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yuriy Savchenko, Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, diplomatik korpus vakillari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo aloqalar va chet el mamlakatlari bilan do‘stona munosabatlar qo‘mitasining madaniy markazlari xodimlari, jurnalistlar ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2018, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют