» » Toshkentda Malibu sotishini bildirgan jinoyatchi xaridorni o‘ldirishga urindi

Toshkentda Malibu sotishini bildirgan jinoyatchi xaridorni o‘ldirishga urindi


Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida 9-iyul kuni Olmazor tumanida yashovchi S.A. Sh.A.ga Malibu rusumli mashinani 14 550 dollarga sotishini aytib, pullarni LES AYLES kafesi oldiga olib kelishini tayinlaydi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Sh.A. pullarni olib kelgan vaqtida S.A. ularni jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritish maqsadida unga boshqa bir sotilayotgan Captiva avtomobilini ko‘rsatishini bahona qilib, Markaz 1-daha 50-uy yonidagi berk ko‘chaga olib boradi.

Bu yerda Sh.A.ning bo‘yin qismidan arqon bilan bo‘g‘ib, o‘ng qo‘liga o‘tkir tig‘li jism bilan jarohat yetkazgan vaqtida u faol qarshilik ko‘rsatib, mashinadan tushib, LES AYLES kafesi oldiga qochib boradi.

S.A. voqea joyidan yashiringandi. Ko‘rilgan choralar natijasida u qo‘lga olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2018, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют