» » O‘zbekiston neft qazishni kamaytirib, benzin ishlab chiqarishni ko‘paytirdi

O‘zbekiston neft qazishni kamaytirib, benzin ishlab chiqarishni ko‘paytirdi


O‘zbekiston neft qazishni kamaytirib, benzin ishlab chiqarishni ko‘paytirishda davom etmoqda. Bu haqda Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib, Spot xabar berdi.

2018-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston 375,2 ming tonna neft qazib olgan. Bu 2017-yil ko‘rsatkichiga nisbatan 9,7 foizga kamroqdir. 2017-yili mamlakatda 415,5 ming tonna neft qazilgan.

Benzin ishlab chiqarish hajmi 3,1 foizga, dizel yoqilg‘isi hajmi 17,9 foizga ortgan.

Ko‘mir qazib olish hajmi keskin kamaygan. 2017-yili 1,98 million tonna ko‘mir olingan bo‘lsa, 2018-yili bu ko‘rsatkich 1,68 million tonnani tashkil qilgan. Ya’ni, ko‘mir hajmi 14,8 foizga qisqargan.

Qazib olinayotgan gaz hajmi ortishda davom etmoqda. 2017-yilga nisbatan o‘sish surati 6,3 foizni tashkil qilgan. Umumiy miqdorda 24 461,1 million metr kub gaz olingan.

Avvalroq, Rossiya O‘zbekistonga sinov tarzida neft yetkazib berishni to‘xtatgani xabar qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2018, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют