» » O‘zbekistonda neft qazib olish hajmi 9,8 foizga kamaydi

O‘zbekistonda neft qazib olish hajmi 9,8 foizga kamaydi


O‘zbekistonda neft qazib olish hajmi kamaymoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga asoslanib, Spot xabar berdi.

Joriy yilning yanvar—aprel oylarida mamlakatda 249,7 ming tonna neft qazib olingan, bu 2017-yilning xuddi shu davrida nisbatan 9,8 foziga kam (276,8 ming tonna) demakdir.

“Yanvar—mart” davridan farqli o‘laroq ko‘mir qazib olish ham qisqargan — 0,8 foziga (1,25 million tonna, 2017-yilda esa ushbu ko‘rsatkich 1,26 million tonnaga teng bo‘lgan).

Tabiiy gaz ishlab chiqarish esa 6,7 foizga o‘sgan (2017-yilning yanvar—aprel davrida 18 278,8 million metr kub tabiiy gaz ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2018-yilda 19 510 million metr kubni tashkil etgan.

Gaz kondensatini ishlab chiqarish esa 20,3 foziga o‘sgan (712,8 million tonna).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют