» » 2018-yilda O‘zbekistonda 63 milliard kub metr tabiiy gaz qazib olinadi

2018-yilda O‘zbekistonda 63 milliard kub metr tabiiy gaz qazib olinadi


2018-yilda O‘zbekistonda yangi konlar ochish orqali tabiiy gaz zaxirasi 57 milliard kub metrga, neft va kondensat zaxirasi 3,6 million tonnaga ko‘paytiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida kecha, 25-yanvar kuni “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tizimida geologiya-qidiruv va qazib olish ishlari samaradorligi, yoqilg‘i materiallari bilan ichki ehtiyojni ta’minlashning ahvoli, tizimdagi istiqbolli vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ta’kidlandi, deb yozadi O‘zA.

2018-yilda 63 milliard kub metr tabiiy gaz, 3 million tonna neft va kondensat qazib olishni ta’minlash uchun 255 ta yangi quduq va 26 ta yangi texnologik obyektni qurish ishlarini yakunlash, 76 ta quduqni kapital ta’mirdan chiqarish ishlari amalga oshiriladi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2017-yilda 56 milliard 417 million kub metr gaz qazib olingan. 2016-yilda esa bu ko‘rsatkich 56 milliard 132 million kub metrni tashkil etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют