» » Namanganda jiyani va uning sherigi tomonidan bo‘g‘ib o‘ldirilib, kanalga tashlangan erkakning jasadi topildi

Namanganda jiyani va uning sherigi tomonidan bo‘g‘ib o‘ldirilib, kanalga tashlangan erkakning jasadi topildi


Namangan shahrida joriy yil 8-iyul kuni “Obihayot” MFY Temiryo‘l ko‘chasidan oqib o‘tuvchi “Shimoliy Farg‘ona” kanalidan Osiyo millatiga mansub, 40-45 yoshlardagi noma’lum erkak kishining qotillik alomatlari bilan jasadi topildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni 27-iyun kuni marhum X.B.ning jiyani O.T. va Namangan shahrida yashovchi A.A. sodir etgani aniqlandi.

Ular marhumning uyiga borib, uni bo‘g‘ib, hushini yo‘qotganidan so‘ng qasddan o‘ldirib, jinoyatini yashirish maqsadida sim bilan bog‘lab, “Shimoliy Farg‘ona” kanaliga tashlab yuboradi.

Qotillar qo‘lga olindi. Ularni jinoyatga undagan sabablar o‘rganilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2018, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют