» » Mario Manjukich “qoyilmaqom” natijalar qurshovida qoldi

Mario Manjukich “qoyilmaqom” natijalar qurshovida qoldi


Xorvatiya terma jamoasi hujumchisi Mario Manjukich JCh—2018 finali doirasida Fransiyaga qarshi kechgan bahsda 2 ta to‘p kiritishga erishdi. Ulardan biri esa o‘z darvozasiga, ya’ni avtogol sifatida qayd etildi.

Shu tariqa Manjukich Jahon Chempionati va Yevropa Chempionlar Ligasini finalida gol urgan 5-futbolchiga aylandi. Ungacha Ferens Pushkash, Zoltan Sibor, Gerd Myuller va Zinedin Zidan bu ishni uddalagan edi.

Bundan tashqari “Yuventus” hujumchisi Jahon Chempionatlari tarixida bir bahsda o‘zining hamda raqib darvozasiga to‘p kiritgan ikkinchi futbolchi bo‘ldi. Bungacha faqatgina niderlandiyalik Erni Brandts 1978-yili Italiyaga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda shunday natija qayd etgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2018, 02:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют