» » Jamoat Wi-Fi xizmatidan foydalanishda shaxsni tasdiqlatish talab qilinadi

Jamoat Wi-Fi xizmatidan foydalanishda shaxsni tasdiqlatish talab qilinadi


Wi-Fi xizmati foydalanuvchilarning shaxsi identifikatsiyalanganda hamda foydalanilgan veb-resurslar (log-fayllar) hisobini yuritgan holda taqdim etiladi. 12-oktyabridan joriy etiluvchi yangi Ma’lumotlar uzatish tarmog‘i, shu jumladan Internet xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarida bu haqda so‘z boradi. Bu haqda Norma xabar qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Foydalanuvchilar shaxsini identifikatsiyalash ularning mobil telefon raqami bo‘yicha yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar bo‘yicha amalga oshirilgan boshqa ro‘yxatdan o‘tish ma’lumotlari: avia va temir yo‘l chiptalari, mehmonxonada ro‘yxatdan o‘tish ma’lumotlari va boshqalar asosida amalga oshiriladi.

Telefon raqami bo‘yicha identifikatsiyalash uchun bu raqamga bir marta SMS-parol yuboriladi va foydalanuvchi autentifikatsiya qilinadi. Parolning aktivlik muddati — 10 daqiqadan ko‘p emas. Bunda xabarning sir saqlanishi ta’minlanadi.

Yuridik shaxs operator yoki provayder bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq ularning apparat-dasturiy vositalari asosida o‘z hududida bepul Wi-Fi xizmatini tashkil etishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2018, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют