» » Buxoroda hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatgan mushtumzo‘r qamoqqa olindi

Buxoroda hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatgan mushtumzo‘r qamoqqa olindi


Buxoroda hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatgan mushtumzo‘r qamoqqa olindi, deya Buxoro IIB jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi “Daryo”ga xabar bermoqda.

Buxoro tumanida yashovchi A.R. jamoat tartibini buzib, bir necha kishi bilan janjal qilayotgani haqida xabar qilinganidan keyin profilaktika inspektori R.Sh. voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan.

A.R. mast holatda profilaktika inspektori R.Sh.ning qonuniy talablarini bajarmay, uni urishga tushgan.

Shuningdek, A.R. janjal vaqtida yana 3 ta fuqaroni do‘pposlagan. Ko‘chada turgan Nexia rusumli avtomashinani panshaxa bilan urib, avtomashinaga shikast yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan A.R.ga nisbatan JKning 219-moddasi 2-qismi va 277-moddasi 3-qismlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Aybdor ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, A.R. muqaddam JKning 277-moddasi 2-qismi hamda 104-moddalari bilan sudlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2018, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют