» » 17-iyul kuni MAKning Urganch reyslari Nukus orqali amalga oshiriladi

17-iyul kuni MAKning Urganch reyslari Nukus orqali amalga oshiriladi


“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi “Urganch” aeroporti vaqtincha yopilgani munosabati bilan 17-iyul kuni Toshkent—Urganch—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlarga o‘zgartishlar kiritilgani haqida xabar qildi, deb yozmoqda “Gazeta.uz”.

17-iyuldagi qatnovlar jadvali:

Yuqorida ko‘rsatilgan Toshkent—Urganch—Toshkent, Urganch—Buxoro yoki Buxoro—Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha uchuvchi yo‘lovchilar parvozga avval rasmiylashtirilgan aviachiptalar bo‘yicha qo‘shimcha yig‘imlarsiz qabul qilinadi.

Urganchga uchuvchilar uchun Nukusdan Urganch aeroportigacha avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Urganchdan uchuvchi yo‘lovchilarga Nukus aeroportiga avtobusda o‘z vaqtida yetib borish uchun Urganch aeroportiga parvozga eng kamida 4 soat qolganda kelish so‘ralmoqda.

Reyslar jadvaliga o‘zgartishlar kiritilishi mumkin. Kompaniya yo‘lovchilardan rasmiy sayt va Telegram-kanal orqali yangiliklarni kuzatib borishni so‘ramoqda. Ma’lumotlar uchun telefon: (+99871) 140?02?00.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” yo‘lovchilardan noqulaylik uchun uzr so‘rab, kompaniya rahbariyati “Urganch” aeroporti ish faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etishini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2018, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют