» » 2 marta fohishaxona ochib sudlangan ayol endi qo‘shmachilik qilgani uchun qo‘lga olindi

2 marta fohishaxona ochib sudlangan ayol endi qo‘shmachilik qilgani uchun qo‘lga olindi


Muqaddam 2 marotaba fohishaxona tashkil qilib sudlangan ayol uchinchi marta qo‘shmachilik qilgani uchun sudlandi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudi “Daryo”ga xabar berdi.

Jizzax shahrida yashovchi R.R. fohishaxona tashkil qilgani uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining 2004-yildagi hukmiga ko‘ra, JKning 131-moddasi 2-qismining “a” bandi bilan sudlangan. 2018-yil yanvarda R.R. yana takroran fohishaxona tashkil etgani uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudi hukmiga ko‘ra JKning 131-moddasi 1-qismi bilan sudlangan.

R.R. — 2 farzandning onasi, yoshi 60 dan oshgan, nafaqaxo‘r. U 2018-yil 26-fevral kuni soat 20:00 larda o‘zi istiqomat qiladigan xonadonda 100.000 so‘m pul evaziga qo‘shmachilik qilgan.

Sud R.R.ning o‘z aybiga iqrorligi, qilmishidan pushaymonligi, oilaviy moddiy ahvolini jazoni yengillashtiruvchi holat sifatida; jinoyatning g‘araz niyatda sodir etilganini jazoni og‘irlashtiruvchi holat deb hisoblagan. Dastlab sud aybdorga JKning 131-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan. JKning 72-moddasiga asosan sud shartli ravishda sinov muddati belgilash haqida hukm chiqargan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2018, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют