» » O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xodimi qamoqda ochlik e’lon qilgan Ma’rufjon Shakarov bilan uchrashdi

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xodimi qamoqda ochlik e’lon qilgan Ma’rufjon Shakarov bilan uchrashdi


O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xodimi qamoqda ochlik e’lon qilgan Ma’rufjon Shakarov bilan uchrashdi. Bu haqda TIV konsullik-huquqiy departamenti rasmiy bayonot berdi.

“18-iyul kuni O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi xodimi O‘zbekiston fuqarosi Ma’rufjon Shakarovga huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida Moskva shahridagi Jazoni ijro etish federal xizmatining 1-tergov izolyatoriga (SIZO-1) tashrif buyurdi”, — deyiladi xabarda.

Uchrashuv chog‘ida M. Shakarov sog‘ligidan shikoyat qilmadi. Har kuni SIZO rahbariyati u bilan suhbat o‘tkazmoqda, vrach tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda. Tez tibbiy yordam ko‘rsatishni talab qiluvchi holatlar mavjud emas.

SIZO-1 rahbariyati bergan izohga ko‘ra, agar M. Shakarov ochlik holatini to‘xtatsa, sog‘ligini tiklashi uchun tibbiy bo‘limga joylashtiriladi.

Oldinroq elchixona Shakarovga konsullik-huquqiy yordamini ko‘rsatayotganini ma’lum qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2018, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют