» » Orenburg yaqinida o‘zbekistonlik fuqarolar bo‘lgan mikroavtobus YTHga uchradi

Orenburg yaqinida o‘zbekistonlik fuqarolar bo‘lgan mikroavtobus YTHga uchradi


O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yil 8-iyul kuni mahalliy vaqt bilan, taxminan, soat 22:00 da Rossiya Federatsiyasi Orenburg viloyatining Nijnyaya Pavlovka – Xolodnye Klyuchi yo‘lining 12-kilometrida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan, deb xabar berdi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Yo‘lda Mercedes mikroavtobusi va Chevrolet Lanos yengil avtomobili to‘qnashgan. Rossiya FVV ma’lumotlariga ko‘ra, Chevrolet Lanos avtomobilidagi 2 nafar Rossiya fuqarosi vafot etgan. Mikroavtobusda bo‘lgan 13 nafar O‘zbekiston fuqarosi yengil jarohat olgan. Mikroavtobus yo‘lovchilari shahar va tuman kasalxonalariga yetkazilgan va tibbiy ko‘rikdan so‘ng qo‘yib yuborilgan.

Elchixona konsullik bo‘limi ushbu hodisa natijasida jabr ko‘rgan O‘zbekiston fuqarolariga zarur yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Mahalliy hokimiyat bilan, jumladan, viloyat gubernatori va Orenburg tumani ma’muriyati bilan aloqa o‘rnatilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-08-2017, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 107) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют