» » O‘zbekistonda alimentdan qarzdor shaxslarni avtomobil boshqarish huquqidan mahrum etish taklif qilindi

O‘zbekistonda alimentdan qarzdor shaxslarni avtomobil boshqarish huquqidan mahrum etish taklif qilindi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi tomonidan Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi hamda parlament quyi palatasidagi Oila va ayollar masalalari bo‘yicha komissiya bilan hamkorlikda tashkil etilgan davra suhbati “Oila muhitining farzand tarbiyasiga ta’siri: ajrimlar tahlili va bolalar taqdiri” mavzusiga bag‘ishlandi.

Ma’lumotlarga qaraganda, 2017-yil mobaynida sudlarga aliment majburiyatlari bajarilmasligi bilan bog‘liq 47,4 mingta, 2018-yilning birinchi choragida esa 11,8 mingta ariza kelib tushgan. 2018- yilning 1- iyun holatiga ko‘ra, davlat ijrochilarida 245,4 mingta aliment undirish bo‘yicha ijro hujjatlari mavjud, shundan 60 mingtasi (24 foizi) ish haqidan undirishga qaratilgan.

2017-yilda jinoyat ishlar bo‘yicha sudlar tomonidan 3,7 ming nafar aliment bo‘yicha qarzdorlarga nisbatan ishlar ko‘rilgan. Hozirga kelib aliment to‘lamayotgan 2,3 ming nafardan ziyod fuqaroga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. 180 ming nafar qarzdor ota yoki ona doimiy daromad manbaiga ega emasligi tufayli aliment to‘lay olmayotgani aniqlangan.

Qator xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, bu borada qarzdorlarni transport vositalarini boshqarish huquqidan vaqtincha mahrum qilish amaliyotini joriy etish taklifi ilgari surildi.

Davra suhbati yakunida fraksiya tomonidan yuqoridagi takliflarni mas’ul qo‘mitaga taqdim etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2018, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют