» » Andijon viloyatida “Armiya va yoshlar” aksiyasi o‘tkazildi (foto)

Andijon viloyatida “Armiya va yoshlar” aksiyasi o‘tkazildi (foto)


Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi tashabbusi bilan Andijon viloyatida “Armiya va yoshlar” aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Marhamat tumanining “Istiqlol” istirohat bog‘ida tashkillashtirilgan ushbu aksiyada 10 000 nafardan ortiq yoshlar va mahalla faollari ishtirok etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Aksiya doirasida ishtirokchilarga 50 dan ortiq turdagi harbiy texnika va qurol-yaroqlar, uzoqlikni aniqlash va mo‘ljalga olish moslamalari, shuningdek, aloqa vositalari namoyish etildi.

Xohlovchilarga mazkur qurilmalarni o‘z qo‘llari bilan ushlab ko‘rish imkoniyati ham taqdim etildi.

Tadbirga tashrif buyurganlarning maroqli hordiq chiqarishlari uchun harbiy orkestr tantanali konsert dasturini ijro etgan bo‘lsa, harbiy xizmatchilar ko‘rgazmali qo‘l jangi bellashuvlari bilan sahnada chiqish qildi.

Bundan tashqari mehmonlar dala oshxonasining faoliyati bilan tanishdi, harbiylarning kundalik taomlaridan tanovvul qilib ko‘rdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2018, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют