» » Erkinjon Turdimov: “Xalq deputatlarni qo‘lini ko‘tarib-tushiradigan odamlar deb o‘ylamasin”

Erkinjon Turdimov: “Xalq deputatlarni qo‘lini ko‘tarib-tushiradigan odamlar deb o‘ylamasin”


Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 54-sessiyasida deputatlar faoliyatiga ham alohida to‘xtalib o‘tdi. Deputatlar o‘z chiqishlarini qilishdan avval komissiyaga holatlarni aks etgan videolarni qo‘yib berish lozimligi, odamlardan fikr yig‘ib, televideniyeda qo‘yib xalq baho berish kerakligini bildirib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev.

Agar tartib bo‘lmaydigan bo‘lsa ertaga xalq deputat haqida nima deydi, qo‘lini ko‘tarib tushiradigan odam deb o‘ylaydi. So‘ranglar odamlardan, hokimiyat kim desangiz, ichki ishlar kim desangiz yaxshi gaplar aytmaydi. Odamlarning davlat boshqaruv organlar faoliyatidan ko‘ngli qolgan.

Men hurmatli deputatlarga aytmoqchimanki, iltimos qilmoqchimanki, birgalashib aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganib o‘zgarish qilishimiz kerak.

Afsuski hali ko‘p rahbarlarimiz pastga tushmagan. O‘zini osmonda sanab yuribdi. Menda buning asosi bor. Deputatlar himoyachi bo‘lib chiqishi kerak. Mana kecha televideniye orqali ‘Agar xulosa qilmasak xalq bizni kechirmaydi’ mavzusida yaxshi ko‘rsatuv tayyorlab Samarqand tuman tibbiyot birlashmasida bo‘layotgan voqealarni ochiq yoritib berdi.

Erkinjon Turdimov, Samarqand viloyati rahbari



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2018, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют