» » Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi


Bugun, 13-iyul kuni Samarqand viloyati hokimligida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokida navbatdan tashqari sessiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev ma’lum qildi.

Samarqanddagi ahvol keskin tanqid qilingan sessiyada viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarida mavjud qator muammolar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sanab o‘tildi.

Xususan, viloyatda eksport masalasida ahvol yomon ekanligi, ayniqsa qurilish ishlarida o‘zibilarchilikka yo‘l qo‘yilayotganligi, poraxo‘rlik va byurokratizm avj olganligi keskin tanqid qilindi.

Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev o‘z lavozimidan ozod etildi. Sessiyada Surxondaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2018, 18:00)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют