WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev o‘z lavozimidan ozod etilganligi tasdiqlandi
Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev o‘z lavozimidan ozod etilganligi tasdiqlandi
Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev o‘z lavozimidan ozod etilganligi Samarqand viloyat hokimligining bir qator vakillari tomonidan tasdiqlandi, deb xabar beradi “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev.
Viloyat hokimligidagi bir nechta manbaning so‘zlariga ko‘ra ayni paytda yangi hokimni tayinlash bo‘yicha sessiyaga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Sessiya tez orada o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ammo viloyat hokimligining biror bir vakili ushbu holat bo‘yicha aniq ma’lumotga ega emasligini bildirmoqda.
Yaqin vaqtlar ichida viloyat hokimligida yangi rahbarni tayinlash uchun o‘tkaziladigan sessiya masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.
Hozirda Samarqand viloyat hokimi Turobjon Jo‘rayev Toshkentda ekanligi aytilmoqda.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!
ОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?