» » Jizzaxda “Xavfsiz shahar” konsepsiyasi asosidagi yangi ichki ishlar bo‘limi ish boshladi

Jizzaxda “Xavfsiz shahar” konsepsiyasi asosidagi yangi ichki ishlar bo‘limi ish boshladi


19-iyul kuni Jizzax shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 3-sonli ichki ishlar bo‘limining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Jizzax viloyat IIB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar bermoqda.

Keng jamoatchilik vakillari, huquq-tartibot idoralari rahbarlari, mehnat faxriylari ishtirokida uyushtirilgan tadbir avvalida viloyat hokimi Ergash Saliyev so‘zga chiqdi. U mamlakatda siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda kechayotgan islohotlar, xususan, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash borasidagi tadbirlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, “Xavfsiz shahar” konsepsiyasini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tilga olindi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Alisher Mirzayev esa O‘zbekistonda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, bu yo‘nalishda ilg‘or usul va texnologiyalarni qo‘llash hamda inson huquq va manfaatlarini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar yuzasidan fikr bildirdi.

Shundan so‘ng yig‘ilganlar bo‘limda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan tanishdi.

Bo‘lim viloyat markazidagi “Kimyogar”, Alisher Navoiy, “Madaniyat”, “Sayxon”, Hamid Olimjon, “Tinchlik”, “Xayrobod” mahallalarini qamrab oladi. Bu yerda barcha sharoitlar yaratilgan. Tergovchi, surishtiruvchi, jinoyat qidiruv bo‘limi, ma’rifat, dam olish, yuvinish xonalari kabi 13 ta xona mavjud. Navbatchilik qismida situatsion markaz faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu yerdan aholi to‘planadigan 6 ta hudud va yo‘l kesishmalari nazorat qilinadi. Kelgusida bosqichma-bosqich kameralar sonini oshirib boraveramiz.

Fuqarolar shaxsi aniqlashtiriladigan saralash xonasi ovoz va tasvir yozish uskunalariga ega. Barcha xodimlar zamonaviy kompyuter va aloqa vositalari bilan ta’minlangan. Umuman olganda, samarali ishlashimiz uchun barcha sharoitlar bor”, — deydi Jizzax shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 3- sonli ichki ishlar bo‘limining boshlig‘i, mayor Dilshod Normurodov.

Aytish joizki, ushbu idora “Xavfsiz shahar” konsepsiyasi talablari asosida Jizzax shahrida yuzaga keltirilgan ikkinchi ichki ishlar bo‘limi hisoblanadi. Birinchisi “Zargarlik” mahallasi hududida bo‘lib, shu yil aprel oyida foydalanishga topshirilgan. Prezident joriy yil 30—31-mart kunlari viloyatga tashrifi davomida mazkur bo‘lim faoliyati bilan tanishgan edi. Jizzax shahrida yana ikkita ana shunday bo‘limni barpo etish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2018, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 32) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют