» » IIV akademiyasida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi islohotlar” mavzusida respublika konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

IIV akademiyasida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi islohotlar” mavzusida respublika konferensiyasi bo‘lib o‘tdi


Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi islohotlar: muammo va yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi islohotlarning bugungi holati, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda mahalla va Yoshlar ittifoqining roli va ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Anjumanda huquqbuzarliklar profilaktikasi tuzilmalari faoliyatida “Xavfsiz shahar” dasturiy kompleksi imkoniyatlaridan foydalanishning ahamiyati va bu borada innovatsion texnologiyalarni joriy etishning istiqbollari, huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etish borasidagi ilmiy-tadqiqot natijalarini ichki ishlar organlari faoliyatiga tatbiq etish hamda uning istiqbollari kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda qonunchilikni takomillashtirish, ichki ishlar organlarining mahalliy davlat va boshqaruv organlari, huquq-tartibot idoralari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan o‘zaro hamkorligining amaliy mexanizmini joriy etish xususida fikr-mulohazalar bildirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2018, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют