» » Shavkat Mirziyoyev Sergeli metro yo‘nalishi qurilishi bilan tanishdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Sergeli metro yo‘nalishi qurilishi bilan tanishdi (foto)


Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishi qurilishi bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uzunligi 7,1 kilometr bo‘lgan mazkur yo‘nalish Sergeli tumani aholi punktlari oralab o‘tib, Chilonzor tumanidagi Olmazor bekatiga bog‘lanadi. Temir yo‘l estakada usulida qurilib, poyezdlar yer ustida harakatlanadi. Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida bekatlarda lift va eskalatorlar o‘rnatiladi.

Bugungi kunda loyihaning 5 kilometr qismida bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Davlat rahbari bu yerga kelib, qurilishning borishini ko‘zdan kechirdi. Metroni sifatli, qulay va xavfsiz qilib qurish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Shu yerda Toshkent shahrida qurilishi rejalashtirilgan 9 qavatli uylar loyihasi taqdimoti o‘tkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2018, 19:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют