» » Germaniyada noma’lum erkak avtobusda pichoq bilan 14 kishini jarohatladi

Germaniyada noma’lum erkak avtobusda pichoq bilan 14 kishini jarohatladi


Germaniyaning Lyubek shahrida noma’lum erkak avtobus yo‘lovchilariga pichoq bilan hujum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Aytilishicha, jinoyatchi avtobusga chiqqanidan so‘ng ryukzakdan pichoq chiqarib, odamlarga tashlangan. Hujum oqibatida 14 kishi jarohatlangan.

Haydovchi avtobusni to‘xtatganida, jinoyatchi unga ham hujum qilgan.

Yaqin atrofdan o‘tib ketayotgan patrul mashinasi voqeaga guvoh bo‘lgan. Mashinadan chiqqan politsiyachilar jinoyatchini ushlagan.

Hujum oqibatida hech kim halok bo‘lmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2018, 19:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют