» » NASA Quyoshga kosmik zond uchiradi (video)

NASA Quyoshga kosmik zond uchiradi (video)


NASA yaqin haftalar ichida o‘zining yangi loyihasi – Parker kosmik zondini uchiradi. Bu haqda Science Alert’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Kosmik zond Quyosh sathi va tashqi atmosferasiga rekord darajadagi 6,1 million kilometr masofaga yaqinlashadi.

Parker Solar Probe zondi kesib o‘tadigan Quyosh toji favqulodda yuqori harorat, biroq sayoz zichlikka ega. Bu esa zondga Quyoshga yaqinlashish imkonini beradi.

Loyihaning maqsadi Quyosh shamolining vujudga kelish jarayonini tadqiq qilishdan iborat. Quyosh shamoli deganda, Quyosh tojidan kosmik makonga 300-1200 kilometr/soat tezlikda chiqariladigan ion zarralari tushuniladi.  Ion zarralari Yer magnit maydoni bilan ta’sirga kiradi va geomagnit bo‘ronlarini keltirib chiqaradi.

Zondga himoya ekrani o‘rnatilgan bo‘lib, u apparatning Quyosh atmosferasi tashqi qobiqlarida ishlash imkonini beradi. Olimlarning bashoratlariga qaraganda, ekran 1371,11°С darajada qiziydi, zondning o‘z harorati esa 29,4°С darajadan oshmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2018, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют