» » Siemens Toshkentda elektromobillar uchun quvvatlantirish stansiyasi qurishni taklif etmoqda

Siemens Toshkentda elektromobillar uchun quvvatlantirish stansiyasi qurishni taklif etmoqda


Germaniyaning Siemens kompaniyasi Tashkent City hududida amalga oshirishga hozirlik ko‘rayotgan tashabbuslari taqdimotini o‘tkazdi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

Kompaniya, jumladan, elektromobillar uchun quvvatlantirish stansiyalari, elektr ta’minoti, binolarni to‘liq avtomatlashtirish va xavfsizligini ta’minlash, yo‘l va piyodalar harakatini boshqarish, “aqlli” avtoturargohlar bo‘yicha o‘z yechimlarini taqdim etdi.

Shuningdek, Siemens davlat-sheriklik shartlarida O‘zbekistonda birinchi shamol elektr stansiyasini qurishni rejalashtirmoqda. “O‘zbekenergo” kompaniya bilan Navoiy viloyatining Zarafshon tumanida shunday inshoot barpo etish loyihasini ishlab chiqmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 100 million dollardan iborat.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2018, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют