» » “Irqchilik va adolatsiz munosabatni his etyapman”. Mesut O‘zil Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

“Irqchilik va adolatsiz munosabatni his etyapman”. Mesut O‘zil Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi


“Arsenal” jamoasi yarim himoaychisi Mesut O‘zil Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

“Bo‘lib o‘tgan so‘nggi voqealar haqida juda ko‘p o‘yladim va Germaniya terma jamoasida boshqa o‘ynamaslikka qaror qildim Men irqchilik va adolatsiz munosabatni his etyapman. Milliy terma jamoa libosini g‘urur va xursandchilik bilan kiydim, ammo hozir bunday emas. Bu qarorni qabul qilish men uchun o‘ta qiyin bo‘ldi. Men doimo jamoadagi sheriklarim, murabbiylar va Germaniya xalqi uchun borimni berib o‘ynadim. Ammo nemis futbol uyushmasining yuqori martabali amaldorlari turkiy ildizlarimni hurmat qilmasdan, kaminani siyosiy targ‘ibotda ayblashi-da qoniqtirmaydi. Bu mening futbol o‘ynashimning asl sababi emas. Va bunga chidab o‘tirmoqchi emasman. Irqchilikni qabul qilish mumkin emas”,—deb yozadi O‘zil.

Eslatib o‘tamiz, O‘zil Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘gon bilan suratga tushganidan so‘ng futbolchi qattiq tanqid ostiga olindi.

So‘ngra futbolchi harakatlarining siyosatga hech qanday bog‘liq joyi yo‘qligi borasida izoh bergandi.

Ma’lumot uchun Mesut O‘zil Germaniya terma jamoasida shu kunga qadar 58 uchrashuv o‘tkazib, 18 ta gol urishga erishgan. O‘zil Germaniya terma jamoasi bilan 2014-yilda Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2018, 07:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют