» » TIVda AQSh davlat departamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

TIVda AQSh davlat departamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


23-iyul kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Henri Ensher boshchiligidagi davlat departamenti delegatsiyasi bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Delegatsiya Markaziy Osiyoning besh mamlakati va Amerika Qo‘shma Shtatlari (“С5+1”) vakillarining Xavfsizlik bo‘yicha ishchi guruhining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan.

Bo‘lib o‘tgan suhbat davomida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil may oyida AQShga rasmiy tashrifi va Prezident Donald Tramp, Ma’muriyat va Kongressning mas’ul rahbarlari bilan muzokaralari chog‘ida erishilgan kelishuvlarni tadbiq etishning amaliy masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, “С5+1” shaklidagi Ishchi guruh majlisi kun tartibi nuqtayi nazaridan xalqaro va mintaqa siyosatining ba’zi masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda AQSh elchisi Pamela Leora Spratlen ishirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2018, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют