» » Tramp Rossiyaning saylovlarga aralashgani to‘g‘risidagi ayblovlarni uydirma deb atadi

Tramp Rossiyaning saylovlarga aralashgani to‘g‘risidagi ayblovlarni uydirma deb atadi


Donald Tramp shu paytga qadar tergov idoralarining Rossiya 2016-yilgi prezidentlik saylovlariga aralashgani to‘g‘risidagi xulosalarini ma’qullab kelgan. Biroq endilikda Tramp barcha ayblovlarni uydirma deb atadi. Bu haqda Tramp o‘zining Twitter’dagi sahifasida yozdi, deya “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Demak, Obama Rossiya haqida saylovgacha ham bilgan. Unda nima uchun u hech qanday chora ko‘rmagan? Nega bizning saylov kampaniyamizni bundan xabardor qilmagan? Hamma gap shundaki, bu ayblovlarning barchasi —uydirma. Yana boshqa sababi shundan iboratki, Obama vijdonsiz Xillarining g‘olib bo‘lishiga ishongan”, — deb yozgan Tramp.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning 2016-yilgi AQSh prezidentlik saylovlariga taxminiy aralashuvi yuzasidan surishtiruv Amerika budjetiga 17 million dollarga tushgan. Rossiya AQSh senatidagi eshituvlarda “prezidentlik saylovlariga aralashuv” isbotini ko‘rmagan.

Amerikaning The Washington Post va The New York Times gazetalari 2016-yilgi AQSh prezidentlik saylovlariga “Rossiya aralashuvi” haqidagi materiallar turkumi uchun Pulitser mukofotini qo‘lga kiritgan.

So President Obama knew about Russia before the Election. Why didn’t he do something about it? Why didn’t he tell our campaign? Because it is all a big hoax, that’s why, and he thought Crooked Hillary was going to win!!!

— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) July 22, 2018



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2018, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют