» » Olimlar qarish jarayonini ortga qaytarishga muvaffaq bo‘ldi

Olimlar qarish jarayonini ortga qaytarishga muvaffaq bo‘ldi


AQShning Alabama universiteti olimlari guruhi birinchi marta mitoxondriya vazifasini qayta tiklash asosida hayvonlarda yoshartirish sohasida tadqiqot o‘tkazdi. Ish davomida mutaxassislar sichqonlarni qaritib, keyin ularni yoshartirishga muvaffaq bo‘lgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Olimlar kemiruvchilar mitoxondriyasi DNKsiga POLG geniga taalluqli mutatsiyani kiritgan. Mazkur birlashuv mitoxondriyada mahalliylashtirilgan va u mitoxondrial DNKning replikatsiyasi va qayta tiklanishida ishtirok etadi.

Tadqiqot davomida aniqlanishicha, POLG genining zararlanishi mitoxondriya vazifalarining buzilishiga olib keladi. Bu o‘z o‘rnida energiya zaxiralarini kamaytiradi va qarish belgilarining paydo bo‘lishiga olib keladi.

Yakunda sichqonlarning urug‘langan tuxum hujayrasiga mutatsiya bilan POLG genining qo‘shimcha nusxasi kiritilgan. DNK “harakatga kelgan” va doksitsiklin antibakterial preparati mavjudligi sharoitida polimeraza ishlab chiqarishda ishtirok etishni boshlagan. Bu antibiotikni sichqonlarning ovqatiga qo‘shish boshlangan, bir necha haftadan keyin ularda qarilik belgilari paydo bo‘la boshlagan.

Shundan keyin, doksitsiklin ovqatdan olib tashlanishi bilan POLG mutant nusxasi faolligining bloklanishi boshlangan, o‘z navbatida, kemiruvchilardagi qarish simptomlari to‘liq ortga qaytgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2018, 05:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют